Tuman hokimligida viloyat rahbari Murotjon Azimov ishtirokida paxta xirmonlarini boyitishda o‘z hissasini qo‘shayotgan mehnatkashlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Qarshi tumani hokimi Zoir Alikulov joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish masalalari yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, bu yilgi paxta yig‘im-terim mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga viloyat rahbari Murotjon Azimov mehnatkash ilg‘or otryad rahbarlari va terimchilarning mehnatini munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidlab, ko‘p yillardan buyon paxta yig‘im-terimi bilan band bo‘lgan eng ilg‘or va tajribali otryad rahbarlarining bir guruhini taqdirlash uchun qator sovg‘alar e’lon qilindi.

Xususan, g‘oliblar uchun - 3 ta damas, 3 ta lochin (mototsikllari), 5 dona xorijiy davlatlarga tur sayohatlari va 10 dona sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar hamda maishiy texnika vositalaridan iborat qimmatbaho sovg‘alar taqdim etilishi belgilandi.

O‘z navbatida ochiq va samimiy o‘tgan ochiq muloqotda Qarshi tumani mehnatkashlari bunday samimiy e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.

03-09-2024 |
Foto galereya