Muhtaram Prezidentimizning tashabbus va takliflari bilan tibbiyot sohasi nafaqat markazlarda, balki, chekka hududlarda ham birdek rivojlantirilmoqda. Buni joriy yilning o‘zida viloyat tibbiyot muassalariga 2,5 trln. so‘m yoki 2016-yilga nisbatan 5 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi. Ko‘plab ish o‘rinlari yaratilib, aholi daromadlari oshishiga ham xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Koson tumanining chekka hududida joylashgan sanatoriyaning 150 o‘rinli yangi binosi ochilishi natijasida yana 50 nafar ish o‘rni yaratildi. Bu yerda nafaqat viloyatimiz, balki Respublikamizning boshqa hududlari, qo‘shni davlatlardan davo istab kelayotgan bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda barcha sohalarga qaratayotgan eʼtiborlari sabab hududlarda rivojlanishlar jadallik bilan davom etayotganini taʼkidlab o‘tdi.

Madaniyat xodimlari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturlari bemorlar va ochilish marosimiga kelgan qishloq ahlini ham xushnud etdi.

Maʼlumot uchun, kechaning o‘zida bir qator bog‘chalar, poliklinika, Oilaviy shifokorlik punktlari, avtomobil va ichki yo‘llar, turar-joy binolari, mehmonxonalar, korxona va bir qator xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/25370 

25-07-2024 |
Foto galereya