"Tashabbusli byudjet"ning navbatdagi bosqichidan boshlab turli moddiy qiymatliklar orqali ovoz yig‘ish taʼqiqlanadi.

Joriy yildagi 2-mavsumga 22-avgustdan 1-sentabrga qadar ovoz berish ishlari tashkil etiladi va unda turli xil moddiy qiymatliklar (suv, yog‘ va h.k.) evaziga ovoz yig‘ishning salbiy oqibatlarini hisobga olib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalasi mavjudigi aholiga keng tushuntiriladi.

Shuningdek, majburiy (mehnat jamolarida va h.k.) ovoz yig‘ish - qonun buzilishi sifatida tasniflanishi va "Bir fuqaro - bir ovoz" tamoyiliga amal qilish yuzasidan "mahalla yettiligi" hamda masʼullar tomonidan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Maʼlumot uchun, 2024-yil 28-iyunda "Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.

23-07-2024 |
Foto galereya