Viloyatimizning eng yosh tumani hisoblangan Ko‘kdalada har kuni ijobiy o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bois, viloyat hokimi Murotjon Azimov Yettitom shaharchasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Jarayonlar davomida ko‘kdalalik nuroniylar bilan ham samimiy muloqot qildi.

Shundan so'ng, viloyat rahbari boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ullar Yettitom kichik sanoat zonasi qurilishi va unda amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Ma'lumot o'rnida, shaharchada qurilishi boshlangan kichik sanoat zonasi mebel, oziq ovqat, plastik va sopol idishlar, burama mix ishlab chiqarish, sut mahsulotlarini qayta ishlash va plastik o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish tarmoqlarini o‘z ichiga olgan 20 ta lotdan iborat bo‘ladi. Bu tumanda yashovchi 400 dan ortiq fuqarolarni doimiy ish o‘rni bilan taʼminlashga, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratishi barobarida eksport hajmini ham oshiradi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/25093 

 

17-07-2024 |
Foto galereya