Prezidentimizning topshiriqlari bilan butun respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash tizimidagi “103” xizmatida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Bugun Qarshi shahrida “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomobillarining 22 donadan iborat navbatdagi partiyasi vohamiz tumanlaridagi tez yordam xizmatlariga viloyat hokimi va keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda taqdim etildi.

Ushbu rusimdagi tez tibbiy yordam mashinalari tizimda ishlayotgan tez tibbiy yordam xodimlari ishini yana-da osonlashtiradi hamda chaqiriqlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish imkonini yaratish orqali insonlar salomatligiga o‘z vaqtida eʼtibor qaratishga zamin yaratadi.

Maʼlumot uchun, viloyatimiz tez yordam xizmati tizimida ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan bunday rusumdagi zamonaviy avtomashinalar soni 32 taga yetdi.

11-03-2023 |
Foto galereya