Davlatimiz rahbarining taʼlim tizimiga berayotgan katta eʼtiborlari tufayli bugunning o‘zida Qarshi shahrida 2 ta yangi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bog‘chalar foydalanishga topshirildi.

Xususan, shaharning “Xo‘jaxiyol” mahallasida joylashgan 1956-yilda qurilgan 23-sonli DMTT binosi buzilib, o‘rniga zamonaviy 3 qavatli 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurilib, bolajonlarning bir olam quvonchiga cabab bo‘ldi.

Shuningdek, “Shodlik” mahallasidagi 1974-yilda qurilgan 28-sonli DMTT investitsiya dasturi asosida qayta taʼmirdan chiqarildi. Muassasaning quvvati 360 o‘rinli bo‘lib, taʼmirdan so‘ng barcha zamonaviy va qulay sharoitlarni o‘z ichiga oladi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan ochilish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbariyati, deputatlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

09-02-2024 |
Foto galereya