Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Muborak tumani "Niyozxon" qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan sayyor qabuli davomida bergan ko‘rsatma va topshiriqlariga asosan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarini kiyim-bosh bilan ta’minlash maqsadida Qarshi shahrida "Mehr ulashaylik!" tadbiri homiy tashkilotlar tomonidan o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda viloyatimiz tuman (shahar)laridan 50 nafar voyaga yetmagan yoshlar ishtirok etishdi va homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho kiyim-kechaklar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘g‘il-qizlarga tashkilotchilar tomonidan o‘ziga xos bayram tashkil etilgan holda ular qalbiga ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi.

22-07-2021 |
Foto galereya