Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusidagi zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishib,  ko‘rgazma doirasida bir guruh o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda vohamizdan 2 nafar o‘qituvchi Bobir Toshpo‘latov va Nilufar Sanayevalar ham ishtirok etishdi. Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov uchrashuvdan olgan taassurotlari va maktab taʼlimi sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashish maqsadida o‘qituvchilar bilan suhbat qildi.

Unda uchrashuvdagi hayajonlari hali ham borligini bildirgan o‘qituvchilar soha rivoji yo‘lida o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, hokim bilan muloqotda 2021 yil Respublika bo‘yicha TOP-100 "Eng yaxshi Informatika va AKT fanlari o‘qituvchisi" tanlovida g‘olib bo‘lgan Ulug‘bek Mamatqulov ham ishtirok etib, taʼlimga qaratilayotgan eʼtibordan Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng o‘qituvchilarga Prezidentimiz nomlaridan estalik sovg‘alari topshirildi.

31-12-2022 |
Foto galereya