Ayni paytda yurtimizda aholining chorvachilik mahsulotlariga talabi va ehtiyoji kun sayin oshib bormoqda, uning taʼminoti masalasini hal etish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibori tufayli chorvachilikning barcha tarmogʻida ijobiy samara va natijalar kuzatilmoqda.

Shu maqsadda viloyat hokimi Muborak tumanida bo'lib, chorvador fermerlar bilan uchrashdi. Tumanda 139 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularga 11774 gektar yer maydoni ajratilgan.

Viloyat hokimi va viloyat prokurori hamda mas'ullar ishtirok etgan yig'ilishda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, chorva ozuqa bazasini koʻpaytirish, shuningdek, aholining oʻz xonadonida chorva mollari boqishini tashkil etish va chorva ozuqa bazasiga boʻlgan talabni qondirish borasida qilingan hamda kelajakda qilinishi kerak bo'lgan masalalar o'rtaga tashlandi.

Bir qator taklif va muammolar yuzasidan tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.

16-05-2023 |
Foto galereya