Qarshi shahrida viloyat hokimligi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson - aziz" shiori ostida tuman (shahar)larning olis hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan 70 nafar bolajonlar uchun "Mehr ulashamiz" loyihasi o‘tkazildi.
 
 
Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham kelajagimiz ertalari bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, ularning quvonchiga sherik bo‘ldi va xayrli tadbirni o‘z ezgu tilak hamda tabriklari bilan ochib berdi. Loyiha doirasida bolalar uchun fayzli dasturxon ham tashkil etildi. Yangi o‘quv yili oldidan maktab formalari olib berilib, o‘quv qurollari va kitoblar taqdim etildi.
 
Shuningdek, tadbir doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vohamiz markazidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat ham tashkil etildi va ajdodlarimiz qoldirgan o‘chmas xotiralar ular qalbida yangi sahifa bo‘lib muhrlandi.
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi raisi Abror Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi tashabbuslar hali boshlanishi bo‘lib, qolgan tuman (shahar)larda ham davom ettiriladi.
18-08-2022 |
Foto galereya