Davlat rahbarining topshirig‘i va tashabbusi bilan xalq muammolarini o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Qashqadaryo viloyati hokimligi tizimida ham fuqaro murojaatlarini qabul qilish va o‘rganish yuzasidan har bir hokimning telegramda onlayn bot manzillari yaratilgan bo‘lib, tun-u kun murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, viloyatning olis hudud aholisi muammolarini o‘rganish va ularni eshitish maqsadida ZOOM platformasi orqali ham qabullar o‘tkazilmoqda.
 
 
Shu boisdan, viloyat hokimi Murodjon Azimov Mirishkorda bo‘lib, sayyor qabul o‘tkazdi. Dastlab, viloyat rahbari hududning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tuman yoshlari bilan ham uchrashib, ularning qiziqish istaklari bilan o‘rtoqlashdi va uchrashuv davomida 12 nafar yoshlarga subsidiya asosida 8 ta tikuv mashinasi va 4 ta payvandlash dasgohlari daqdim etilgan bo‘lsa, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 10 nafar talaba yoshlarning 50 foizi miqdoridagi shartnoma to‘lovlari to‘lab berildi.
 
 
Shundan so‘ng, viloyat rahbari va barcha viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida aholining turli sohalar (salomatligini tiklash, uy-joy masalasi, kommunal xizmatlari, ta’lim va boshqa) bo‘yicha muammolari tinglanib, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
 
17-12-2021 |
Foto galereya