Davlat xizmatchilari salomatligi - samarali faoliyati uchun asosdir. Shu maqsadda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimligi jamoasi ham tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, ba’zi holatlarda esa chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berilmoqda.

Muhimi, davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lishdi.

Bu kabi tibbiy ko'riklari viloyatimizning barcha tuman va shahar hokimliklarida ham reja asosida 20-fevralga qadar tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

07-02-2023 |
Foto galereya