Avvalroq Qashqadaryo viloyat hokimligi maʼmuriy binosi uchun quyosh fotoelektrik panellari olib kelingani va tez orada ularni o‘rnatilishi haqida maʼlum qilingan edi.

Bugungi kunga kelib mazkur panellar to‘liq quvvatda ishga tushirildi va hokimlik binosi uchun elektr energiyasi yetkazib bermoqda. Yana bir jihati hozirgi qish faslining kunduzgi vaqtlarida bir kunda 280-300 kWt elektr energiyai ishlab chiqarilmoqda va shundan hokimlik o‘z extiyoji uchun 80-100 kWtni sarf qiladi. Qolgani esa, elektr tarmoqlariga uzatilib, tungi payt shu uzatilgan energiya yana hokimlik binosiga tarmoq orqali qoplab berilmoqda. Bu panellar yoz oylari va boshqa quyoshli kunlarda 2 karra ko‘proq samara beradi.

23-12-2022 |
Foto galereya