Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.
 
 
Ushbu mahsulotlar hisobiga yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.
 
 
"Alohida ta’kidlash kerak, biz 300 million dollarlik gazni qayta ishlab, uni qiymati 3 barobar yuqori va dunyo bozorida talab katta bo‘lgan tayyor mahsulotlarga aylantiramiz", - dedi davlatimiz rahbari.
 
25-12-2021 |
Foto galereya