Daryo bo‘yida joylashgan “Xitoy”, “Xisor” va “Toshbuloq” MFYlari bo‘yicha qiymati 9.5 mlrd. so‘mlik 317 ta forel loyihalari shakllantirilmoqda. Shundan, 172 tasi fuqarolar xonadonlari, 172 tasi yuridik shaxslardir.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tumanda bo‘lib, xonadonlarda baliq chavoqlari parvarishlash va yetishtirish ishlari bilan tanishib, ishni tez fursatlarda boshlash, bankdan ajratiladigan mablag‘larni o‘z vaqtida tadbirkorlarga yetkazishni taʼkidladi.

Bugunga kelib, tijorat banklari tomonidan 4,360 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Shundan, 4 ta yuridik shaxslarga - 2,5 mlrd. so‘m hamda 62 nafar fuqarolarga - 1.860 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati rahbari,
A.Sodiqov

12-05-2021 |
Foto galereya