O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi “Aerovokzal, temir yo‘l va avtobus vokzallarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyihaga ko‘ra, terminal oldida avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun avtoturargoh barpo qilinadi.
Shuningdek, hududga 5 daqiqagacha kirishga ruxsat berilgan barcha avtomobillar hamda yo‘nalishli jamoat transportlari uchun alohida yo‘lak va bekat bunyod etiladi. Ularning atrofi bo‘ylab kichik do‘kon, kafe-bar va boshqa ovqatlanish shoxobchalari joylashtiriladi.
Bu kabi zamonaviy infratuzilma va inshootlar yo‘lovchilar hamda tashrif buyuruvchilar uchun zarur qulayliklar yaratishga, hozirda kelib chiqayotgan bir qator noqulayliklarning oldini olishga xizmat qiladi.