Tumanda 2018-yildan boshlab vanna ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Ideal palimer plast" korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, korxona ish faoliyati hamda xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
 
 
Ma’lumot uchun, polimer marmar va akril tipidagi 2 xil vanna ishlab chiqarayotgan korxona mijozlarning talabiga ko‘ra 40 dan ortiq o‘lcham va ko‘rinishda mahsulot tayyorlaydi. Ayni paytda 25 nafar ishchilar tomonidan kuniga 20-25 dona vanna ishlab chiqarmoqda.
 
10-12-2021 |
Foto galereya