Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi, xususan viloyatimizning bir nechta tadbirkorlari ham Prezident Farmoniga asosan mukofotlandi. Jumladan:
«Do‘stlik» ordeni bilan
Ergashev Nurbek Xaydarovich - Qarshi shahridagi «Sulton Tex Group» xususiy korxonasi direktori
«Shuhrat» medali bilan
Qarolov Sanjar Ismoilovich - Qarshi tumanidagi «Qarshi agroklaster» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi.
Davlat rahbari tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqot avvalida mukofotlarni shaxsan o‘zlari topshirdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq sana munosabati bilan qashqadaryolik 6 nafar tadbirkorlar Prezident Farmoyishiga asosan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani, shuningdek, 18 nafar vohamizning bir guruh faol ishbilarmonlari viloyat hokimining faxriy yorliq va estalik sovg‘alarini qabul qilib olgani haqida xabar bergan edik.
22-08-2022 |
Yangiliklar
17-09-2024
Elektr ta’minotini yaxshilash yo’lida14-09-2024
Murotjon Azimov Yakkabog‘ tumanidaFoto galereya