Davlat rahbari raisligidagi joriy yilning 10-iyunida "Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari" yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlari va mas’ullarga qator topshiriqlar berilgan edi.
 
Shu boisdan, mazkur videoselektor yig‘ilishi kun tartibidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Shahrisabzda quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
Shu o‘rindi, bugungi kunga kelib yurtimizda 2-3 mlrd. kilovatt soat elektr energiyasiga qo‘shimcha talab bor. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt soatga oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda eng samarali yo‘l uy, korxona, bog‘cha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni ko‘paytirishdir.
 
Birgina misol, bir oila suv isitish uchun bir oyda o‘rtacha 195 ming so‘m xarajat qiladi, deylik. Endi ular 6 million so‘m evaziga 200 litrli quyosh qurilmasi o‘rnatsa, davlatdan 2 million so‘m kompensatsiya oladi. Bunda har oy ketgan xarajat iqtisod bo‘lishi hisobiga, suv isitish qurilmasi 21 oyda pulini oqlaydi va “yonga qoladi”.
20-06-2022 | Ijtimoiy | 497
Foto galereya