Prezidentimizning 2020 yil noyabr oyidagi viloyatimizga tashrifi davomida voha yoshlari bilan ham uchrashib, ularni rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi.

Shuningdek, psixolog qiz Shohida Jo‘rayevaga 2 xonali uy sovg‘a qilishini aytgandi. Shohida oilasi bilan "Yoshlar kuni" arafasida zamonaviy xonadonga ko‘chib o‘tdi va Prezidentga o‘z dil so‘zlari va minnatdorchiligi bitilgan maktubini yo‘lladi.

Assalomu alaykum, Hurmatli Prezidentim! Men qashqadaryolik yosh shoira va psixolog qizingiz Shohida Jo‘rayevaman.

12-13 noyabr sanalarida Qashqadaryoga qilgan tashrifingiz chog‘ida siz bilan uchrashishga va o‘z “Yoshlar psixologik markazi” ochish taklifimni aytish baxtiga muyassar bo‘ldim. Hozirda ushbu markaz sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ila Qashqadaryoda tajriba sifatida amalga oshirilmoqda.
Bu hayotda oila va uning tinchligidan muhimroq narsa yo‘qligiga ko‘p marotaba amin bo‘lganman. Suygan insonlarim yonimda yurishlari, yurtim tinchligi men uchun baxt. Siz uchrashuv davomida menga uy sovg‘a qilib, uni olgach noma yo‘llashimni taʼkidlagan edingiz.

Bugun shu kunlar keldi. Qarshi shahar hokimi sizning topshirig‘ingizga ko‘ra Qarshi shahridagi “Navo” massividagi ko‘p qavatli uylardan birini Prezident sovg‘asi sifatida menga xadya etdi. Buning uchun sizga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hurmatli Prezidentim ushbu uyning ilk mehmoni o‘zingiz bo‘lishingizni “Xalq bilan” loyihasi doirasida uyimizga tashrif buyurishingizni juda-juda xohlardim.


Hurmat bilan sizni kutib qoluvchi qashqadaryolik qizingiz Shohida.

30-06-2021 |
Foto galereya