Kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov Qamashi tumanida bo‘lib, Toshkent shahrida tadbirkorlik foliyati bilan shug‘illanayotgan qamashiliklar bilan uchrashdi. Shu yerning o‘zida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimi Xurshid Usmonov dasturi taqdimotini o‘tkazdi.

Shuningdek, viloyat hokimi masʼullar bilan mahallalar hududini aylanib, bir qator qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, "Ideal palimer plast" korxonasida bo‘ldi. Korxona mijozlar istagiga ko‘ra, 100 turdagi o‘lcham va ko‘rinishda zamonaviy, mustahkam va arzon narxlarda vanna ishlab chiqarmoqda.

Yakunda viloyat rahbari tuman sektor rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazib, barcha sohalarni birdek rivojlantirish, mahallalar obodligi, yoshlar maʼnaviyati va taʼlim-tarbiyasiga manzilli yondoshuv asosida ishni tashkil etishlari yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

12-02-2024 |
Foto galereya