San’at, adabiyotshunoslik, jurnalistika va yozuvchilik sohasida yuksak marralarni zabt etib, poytaxtda faoliyat yuritayotgan bir guruh qashqadaryolik ijodkorlar viloyatimizga tashrif buyurishdi

Viloyatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda qad rostlayotgan zamonaviy binolarning qurilish jarayoni bilan tanishgan ijodkorlar Shahrisabzdagi “Miraki” turizm mahallasida bo‘lishdi

Ijodkorlar mazkur mahallada joylashgan “Lochin” oromgohida viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan kutib olindi. So‘ngra “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ hamda “Uzbekistan GTL” MCHJda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ishtirokida “YOSHLAR 2024. GʻOYALAR VAQTI” neft-gaz yoshlari forumida ishtirok etishdi. Unda viloyat hokimi so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, vohada ijodkorlarning erkin ijod qilishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi.

So‘ngra, tashkil etilgan ijodiy kechada ijodkorlar Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Inson qadri” uchun viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘zlarining she’riy misralari va kuy-qo‘shiqlari orqali bayon qilishdi.

13-05-2024 |
Foto galereya