Navbatdagi bosqichda o‘tkazilgan mazkur yuqori texnologiyali operatsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan tashkil etildi.

Jarrohlik amaliyotlari filialning mohir ko‘z jarrohlari va markazdan kelgan malakali mutaxassis Murodjon Temirov tomonidan muvaffaqiyatli tarzda bajarildi. Shuningdek, 60 dan ortiq bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

Filial faoliyatidagi yana bir muhim yangilik - bu shifo maskaniga yangi “Yak” lazer uskunasining keltirilishi bo‘ldi. Bu uskuna yo‘qligi bois yiliga glaukoma va kataraktadan aziyat chekayotgan 500 nafardan ortiq bemor markazga yuborilar edi. Endilikda ko‘zning oldingi qismida bajariladigan bu turdagi operatsiyalar viloyatning o‘zida, tig‘siz amalga oshiriladi.

20-11-2023 |
Foto galereya