Prezidentimiz yurtimizdagi har bir fuqaroning taqdiri va yaxshi yashashiga alohida eʼtibor qaratib, "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas", - deb taʼkidlaydilar. Inson bu dunyoda barcha orzu-istaklarining ijobatini ko‘rishi, farovon hayot kechirishi lozim.

Viloyatda 1 mln. 247 mingdan ortiq voyaga yetmagan bolalar bo‘lib, shundan, 2.0 mingdan ortig‘i yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2021-yil 9-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etildi.

Bunday tizim mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor amaliyotga joriy etildi va eng muhimi bu yuzlab yoshlarni taqdirlarni izga solishga yordam bermoqda.

Viloyatimizda 2021-yil 24 nafar shunday yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joy bilan taʼminlangan bo‘lsa, 2022-yilda jami 58 nafar bolalarimizni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 9 mlrd. 558 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.

Prezident qarori ijrosini taʼminlanishi ortidan Qarshi shahrida yashovchi chin yetim bolalarning yana 15 nafari yangi yilni o‘z xonadonlarida kutib olishadi. Xonadonlar kalitlarini topshirish marosimida viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.

27-12-2022 |
Foto galereya