“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yildagi 2-mavsumi 17-sentabrda yakunlandi. Mazkur jarayonlarda vohamiz jamoatchiligi tomonidan ilgari surilgan takliflarning 3112 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu takliflarga jami 871109 ta ovozlar to‘plandi.
 
Shuningdek, tadbir uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalaridan jami 104345,0  mln. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan. Loyihada ovoz berish natijalariga ko‘ra viloyatda amalga oshirish qiymati 97763,0 mln. so‘mlik 109 ta eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topildi.
 
Jumladan,
 
▪️Ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 58334 mln. so‘mlik 60 ta loyiha;
▪️Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 15169 mln. so‘mlik 19 ta loyiha;
▪️Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 700 mln. so‘mlik 1 ta loyiha;
▪️Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 2950 mln.so‘mlik 4 ta loyiha;
▪️Sport muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 3850 mln.so‘mlik 4 ta loyiha;
▪️Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda bo‘lgan boshqa ob’yektlar)ni ta’mirlash-tiklash bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 2800 mln.so‘mlik 5 ta loyiha;
▪️Ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha amalga oshirish qiymati 5200 mln.so‘mlik 6 ta loyiha;
▪️Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (transformator, simyog‘och o‘rnatish) tadbirlari bo‘yicha amalga oshirish qiymati 5325 mln.so‘mlik 6 ta va boshqa masalalar bilan loyihalar.
 
Tuman (shahar)lar kesimida esa eng ko‘p g‘olib loyihalar Nishonda 13 ta, Qarshi shahrida 11 ta va kuchli uchlikda 9 ta loyihalar bilan Kasbi hamda Koson tumanlari qayd etildi.
 
Viloyat Moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga asosan.
22-09-2022 |
Foto galereya