Barchamizga ma'lumki, davlat rahbari tomonidan joriy yilning 3-fevral sanasida viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir muhim qaror imzolanib, bu bo`yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur qarorga asosan, Kitob tumanida ham aholining uy-joyga bo’lgan talabini qondirish maqsadida “Yangi O’zbekiston” massivini qurish belgilangan bo'lib, ushbu massiv tumandan o’tuvchi M-39 yo’li yoqasida, “Istiqbol” MFYdagi 10 gektar maydonga tashkil etilishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda bu bo’yicha loyihalash va tarmoq jadvalini ishlab chiqish jarayonlari boshlab yuborilgan.

14-02-2023 |
Foto galereya