Prezidentimiz raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida kutubxonasi va to‘garak xonalari bo‘lgan madaniyat markazi barpo etish, hududlarda madaniy tadbirlar o‘tkazish va yoshlarni sanʼatga jalb qilish masalalari ko‘rsatib o‘tilgandi.

Ana shunday madaniyat dargohlaridan biri ayni kunlarda xalqqa nafi tekkan ziyolilar yetishib chiqqan Qarshi tumanidagi “Charog‘il” mahallasida qad rostladi. Aytish joizki, avvalgi holati abgor bo‘lgan ushbu maskan bugun mahallaning eng diqqatga sazovor joylaridan biriga aylandi.

Kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari ishtirokida ushbu markazning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Madaniyat dargohini taʼmirlash ishlariga 4 mlrd. ortiq mablag‘ sarf etildi. Bundan tashqari ushbu dargohni kitoblar bilan taʼminlash va jihozlash uchun tuman mahalliy byudjetidan 280 mln. so‘m jalb qilindi.

10-02-2024 |
Foto galereya