Dastlab, amalga oshirilgan ishlar oldidan yoshlarimiz boʻyicha qisqacha maʼlumot bermoqchiman, dedi tuman rahbari.

"Mirishkor tumanida jami yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar soni 61,4 ming nafarni tashkil etib, tuman aholisining qariyb 51 foizini tashkil etadi. Shundan 0-6 yoshgacha boʻlganlar 16,5 ming nafarni, 7-17 yoshlilar 22,4 ming nafarni, 14-30 yoshgacha boʻlganlar 30,4 ming nafarni tashkil etadi", — Sherali Sanayev.

“Yoshlar daftari” – keng imkoniyatlar eshigi deyilishi bejizga emas.

Mirishkor tumani hokimi Sherali Sanayev "Yoshlar daftari" bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, Davlat rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan ushbu daftarga asosan ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar va yoshlar turmush tarzida tub oʻzgarishlar yuz bermoqda.

Jumladan, birgina Mirishkor tumanida yakunlangan 2022 yilda 1306 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga tavsiya etilgan boʻlib, shundan 1304 nafariga koʻmak koʻrsatilib, "Yoshlar daftari"dan chiqarildi. Ushbu koʻrsatgich 91,1 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar va sektorlar bilan olib borilgan saʼy harakatlar natijasida shu kunga qadar jami 3106 nafar yoshlarning bandligini taʼminlashga erishilgan.

2022 yil davomida yoshlarga dehqon xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirishlari uchun takroriy ekin ekish istagini bildirgan 413 nafar yoshlarni fermer xoʻjaliklari bilan uch tomonlama shartnomalari imzolandi.

Shuningdek:

Yoshlarga 241 gektarga yaqin yer maydonlari ajratib berildi.

312 nafar yoshlarga oʻzini-oʻzi band qilishi uchun aholi bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda jami 505,7 mln soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratildi.

311 nafar yoshlar oʻzlari qiziqgan kasb-hunarga oʻqitildi.

25 nafar yoshlar 1+1 tamoyili asosida tadbirkorlarga biriktirildi.

2023-yilda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan 704 gektar yer maydonlari ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan kamida 400 gektarga yaqin yer maydonlarni qariyb 800 nafar yoshlarga ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

Ushbu koʻrsatgich oʻtgan yilga nisbatan 140 foizni tashkil etmoqda.

Mirishkor tumani hokimining qo‘shimcha qilishicha, 2023-yilda 400 nafarga yaqin yoshlarga oʻzini oʻzi band qilishi uchun asbob uskuna va mehnat qurollari ajratilib, ularning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil davomida 2 mingga yaqin yoshlar “Yoshlar daftari” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilib, koʻmak koʻrsatilishi rejalashtirilgan. Ushbu koʻrsatgich 2022-yilga nisbatan 135 foizni tashkil etmoqda.

02.02.2023

14-03-2023 |
Foto galereya