Yurtboshimiz tomonlaridan yuborilgan “Prezident sovg‘asi” va shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan bayram tantanalari bolajonlar uchun unutilmas onlarni tuhfa etmoqda.

Sovg‘alar “Muruvvat” bolalar internat uyi, oilaviy mehribonlik uylari, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolajonlarga tantanali tarzda topshirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham qorbobo-qorqiz va ertak qahramonlari hamrohligida Qarshi “Muruvvat” bolalar internat uyida bo‘lib, bolajonlarga Prezidentimiz sovg‘alarini yetkazdi. Tarbiyachi va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

Maʼlumot uchun, viloyatimiz bo‘ylab sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari ishtirokida 1015 nafar bolajonlarning har biriga “Prezident sovg‘asi” topshirilishi belgilangan. Shuningdek, hokimliklar, tashkilotlar va saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan bayram munosabati bilan 15000 nafardan ziyod bolajonlarga yangi yil sovg‘alari, 5000 tadan ortiq kam taʼminlangan xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishi belgilangan.

30-12-2022 |
Foto galereya