Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli Salih Janerni qabul qildi.
Muloqot davomida Turkiyaning O‘zbekistonda ham elchixonasi, ham Bosh konsulxonasi mavjudligi ikki tomonlama munosabatlarni o‘ziga xos yuqori pog‘onaga chiqarishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy masalalarda fikr almashib, tovar ayriboshlash va har ikki tomon tadbirkorlarini hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.
02-02-2024 |
Yangiliklar
Foto galereya