Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida bo‘lib, markazda davolanayotgan bolajonlar bilan uchrashdi. Ularga 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sovg‘alar ulashib, ko‘ngillarini shod etdi.

- Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir, - dedi viloyat rahbari. - Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Xususun, Prezidentimiz tomonlaridan markazda yaratilgan shart-sharoitlar bemorlarni tez orada sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytishiga va baxtli hayot kechirishiga qaratilgan.

01-06-2023 |
Foto galereya