1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Azimov viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bemor bolajonlarni tabrikladi. Bolalar orasida bemorlar bo‘lmasligi uchun Prezidentimiz barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berayotganini qayd etdi. Bemor bolalarni o‘yinchoqlar bilan siyladi.

Teatrlashtirilgan tomoshalar va konsert dasturi davraga fayz ulashdi. Bolajonlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Shu kunning o‘zida markazda yana bir avtoturargoh, zamonaviy kutish zali va bolalar kardiojarrohligi bo‘limining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Kardiojarrohlik bo‘limi tashabbusli byudjet tanlovlari orqali kardiojarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga doir 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan taʼminlandi.

Endi qashqadaryolik tug‘ma yurak nuqsoni bor bolajonlarning yaqinlari xorij yoki poytaxt klinikalariga qatnab ovora bo‘lishmaydi.

01-06-2023 |
Foto galereya