Tumandagi "Do`stlik" kichik sanoat zonasida "Kifti-ob dori-darmon" MCHJ tomonidan "ANOR PHARM" brendi ostida ilk dori vositalari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Ishlab chiqarish quvvatlari hajmi va mahsulot turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida yagona bo‘lgan korxona aholini arzon va sifatli dori mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Bu yer 2 milliard so`m mablag` evaziga Xitoydagi yetakchi farmatsevtika kompaniyalarining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlandi va 11 turdagi dori-darmonlar ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Kelgusida mahsulot turini yana ham ko`paytirish rejalashtirilgan. Korxona to‘liq hajmda ish boshlagach, mahsulotlarning bir qismi qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog`iston davlatlariga eksport qilinadi. 20 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, tibbiyot kollejlarining farmatsevtika yo‘nalishi bitiruvchilari bandligi ta’minlanadi.

06-01-2023 |
Foto galereya