Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugining Buxoro umumqo’shin poligonida Buxoro va Qashqadaryo viloyatidagi davlat boshqaruv hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo’jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan yig’inga start berildi.
Ta’kidlash lozimki, bugun Buxoro umumqo’shin poligoni mutloqo yangi qiyofa kasb etgan. Harbiylarning sifatli xizmat qilishlari, bilim, ko’nikma va mahoratlarini tizimli oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Harbiy qism oshxonasidagi harbiycha tushlikdan so’ng o’tgan tantanali ochilish marosimida Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni hamda Qashqadaryo va Buxoro viloyati hokimlari ham harbiy libosda ishtirok etdi. So'z olganlar butun dunyoda va mintaqada kechayotgan keskin harbiy-siyosiy vaziyat haqida to'xtaldi.
Shundan so’ng “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ikki viloyat hokimlari okrug qo’shinlar qo’mondoni hamrohligida harbiy qism hududiga daraxt ko’chatlari ekishdi.
Malakali harbiy xizmatchilar tomonidan o’tkazilgan dastlabki ko’rgazmali mashg’ulotlarda ishtirokchilarga bugungi kunda harbiy xizmatchilar foydalanayotgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar borasida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Oldinda yig’in rejasiga asosan ishtirokchilarni bir-biridan qiziqarli va foydali jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg’ulotlari kutib turipti.