Anomal sovuqning qishloq xo'jaligi mahsulotlariga salbiy oqibatlarini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar.

G'allachilik:

➖kech ekilgan, ayniqsa, ayrim 1-2 barg holatida bo‘lgan g‘alla maydonlariga chirigan mahalliy o‘g‘it (go‘ng) sepish;
➖g‘o‘za qator oralariga ekilib, hozirgi kungacha g‘o‘zapoyalardan tozalanmagan maydonlarda g‘o‘zapoyadan tozalash ishlarini sovuq kunlar tugagunga qadar to‘xtatish;
➖elektr energiya cheklovlari bo‘lishini inobatga olib, nasos agregatlari va lotok tarmoqlarining muzlab yorilishini oldini olish uchun ulardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatish;
➖sovuq taʼsirida g‘allaga zarar yetishi kuzatilgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mutasaddilari va olimlar ishtirokida shtablar tashkil etish.

Sabzavotchilik va poliz ekinlari.

➖ekin maydonlarini ustini plyonka qoplamalari oddiy yoki duga usulda qoplash;
➖mahalliy chirigan go‘ng, sholi qipig‘i va apilka bilan mo‘lchalash;
➖somon yoki mayin xashaklar bilan o‘simlik ustini yopib chiqish kabi chora-tadbirlar;
➖issiqxonalarda pomidor va bodring yetishtirishda inshootdagi havo harorati o‘simliklar uchun mos bo‘lishi;
➖ issiqxonada yetishtirilayotgan bodring harorat 0 darajaga tushib ketganda nobud bo‘ladi. Pomidorning esa +7 daraja haroratda ildiz tizimi, -1-2 daraja sovuqda esa o‘simlikning o‘zi nobud bo‘lishi;
➖issiqxonalarda isiriq va boshqa tutatish pohol yoki eskirgan texnik balonlarini yoqib tutatish natijasida ham 2-3 0 daraja issiqlik berish va ushlab turish mumkin.

Bog'dorchilik:

➖urug‘li meva bog‘larda shakl berish va kesish tadbirlarini sovuq haroratlar o‘tgunga qadar vaqtincha to‘xtatish;
➖ko‘milmay qolgan tok tuplari, anor va anjir butalarini sovuqdan saqlash uchun zudlik bilan хashaklar va sholi poyalar bilan yopish yoki tuproq bilan ko‘mish;
➖xurmo daraxtlari tanalarini va shox-shabbalarini xashak, quruq makka va sholi poyalari hamda boshqa narsalar bilan o‘rash;
➖issiqxonalarda yetishtirilayotgan sitrus va qulupnay o‘simliklarini himoya qilish uchun plyonka ostidan yana bir qavat yupqa plyonka tortish (termos qilish) va issiqxona ustidagi qorlarni tushirmaslik zarur;
➖mevali bog‘ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy o‘g‘it aralash хashak, pоxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish (mevali bog‘ va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m hamda balandligi);
➖daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100-200 ta uyum hosil qilish;
➖tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bog‘ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo‘yish hamda havo haroratini kuzatib borish.

09-01-2023 |
Foto galereya