Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligidagi mas'ullar Avstriyaning "LASSERBERGER Group" kompaniyasi ta’sischisi Josef Lasserberger bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Muzokara davomida investorga Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Kitob tumanida toshni qayta ishlab, undan bo‘yoq, qurilish qorishmalari va 200 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 35 mln. dollarlik loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi hamda tomonlar Anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ma’lumot uchun, "LASSERBERGER Group" kompaniyasi 3 yo‘nalishda - mineral xom ashyolar, sopol va qurilish materiallari ishlab chiqaradi. Jahonning 20 dan ortiq davlatlarida (Osiyo davlatlari, Xitoy, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya va Qozog‘iston) 80 dan ziyod yirik zavodlari mavjud.

01-02-2023 |
Foto galereya