Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida dzyudo bо‘yicha 1999-2000-yillarda tug‘ilgan о‘smirlar va qizlar о‘rtasida О‘zbekiston chempionatida bо‘lib о‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 398 nafar (97 nafari qizlar) sportchi ishtirok etdi.
Uch kun davom etgan musobaqada qizlar va о‘g‘il bolalar 3 ta vazn toifasida tatamiga chiqishdi. О‘g‘il bolalar о‘rtasida kechgan baslarda Dilshodbek Yо‘ldoshev (66 kg), Jaloliddin Qurbonmurodov (81 kg) viloyatimiz sha’nini himoya qilishdi. Sovrin uchun kurashgan dzyudochi qizlar orasida viloyatimiz vakillari Farangiz Xolmurodova (63 kg), Filura Ergasheva (70 kg) ham bor. Ular о‘z vazn toifasida tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi va О‘zbekiston chempioni bо‘lishdi.
SOJIDA
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar