27 mart - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan О‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat kengashi hamda viloyat qо‘g‘irchoq teatri hamkorligida "Sport - barkamollik sari" shiori ostida musobaqalar о‘tkazildi.
Shaxmat, shashka, voleybol, basketbol va futbol bо‘yicha о‘tkazilgan musobaqalarda mazkur muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, sportsevar aholi vakillari, yosh sportchilar qatnashishdi.
Ayniqsa, futbol uchrashuvlari qiziqarli о‘tdi. "Yoshlar", "Dо‘stlik", "Faxriylar" va boshqa jamoalar о‘z imkoniyatlarini sinovdan о‘tkazishdi.
Murosasiz о‘tgan bahslarda barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratgan "Yoshlar" jamoasi musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi va kubokni qо‘lga kiritishdi.
Yakunda g‘olib jamoalar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
SOJIDA
qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar