Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasi yildan-yilga ortib bormoqda. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanayotgani yangidan biznes  boshlayotgan yurtdoshlarimiz soni oshib, ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish va boshqa sohalarda ularning ishtiroki о‘sib borayotgani bilan izohlanadi.

Avvalo, ishbilarmonlarning davlat tomonidan har tomonlama qо‘llab-quvvatlanayotgani, huquq va manfaatlari ishonchli himoya etilishi, biznes faoliyatini boshlashi, rivojlantirishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar fuqarolarda sohaga qiziqish  ortishiga sabab bо‘lmoqda.

G‘uzor tumani Obod mahallasida yashovchi Habibullo Abdullayev ham bir necha yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib keladi. Shu vaqtga qadar hududda bir qator ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish tarmoqlarini ishga tushirgan. Avtomobillarni yuvish va kimyoviy tozalash, kiyim-boshlarni kimyoviy tozalash, sartaroshxona, tashqi reklama bannerlarini tayyorlash kabi sohalar shular jumlasidan.

- Ancha paytdan buyon mustaqil ravishda biror tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘yishni о‘ylab yurgandim, - deydi tadbirkorning turmush о‘rtog‘i. - Bugungi shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlar fikrimni yanada qat’iylashtirdi. Turmush о‘rtog‘im, oila a’zolarim ham rejamni ma’qulladi. Ularning bevosita qо‘llab-quvvatlashi asosida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasiga о‘z biznes-rejam bilan murojaat etdim.

Zulxumor Toshevaning tikuvchilik faoliyatini yо‘lga qо‘yish rejasi jamg‘arma tomonidan ma’qullanib, unga ishni boshlash uchun zarur bо‘lgan 150 millon sо‘m mablag‘ imtiyozli kredit tarzida ajratib berildi.

- Bu mablag‘ga 5 ta eng zamonaviy tikuv va bichuv mashinalarini xarid qildik, - deydi tadbirkor. - Tikuvchilik ishini puxta egallagan 4 nafar xotin-qizni faoliyatga jalb etganmiz. Ayni paytda buyurtma asosida ishchi kiyimlari tikayapmiz.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, tikuvchilik mahsulotlariga talab yuqori. Buyurtmalar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bois endilikda faoliyatni yanada kengaytirish, erkaklar, bolalar kiyim-boshlari tayyorlashni ham о‘zlashtirish maqsad qilingan.

Jahongir  BOYMURODOV

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

 

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida 

 

18-07-2019 |
Фото галерея