Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ulug‘imsan, Vatanim!” mavzusida eng yaxshi she’r (qo‘shiq)lar tanlovini e’lon qiladi!

Asrlar davomida orziqib kutilgan, hayotimiz ma’no-mazmuni, ongu shuurimizni tubdan o‘zgartirgan Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu tanlovga Vatan muqaddasligi, istiqlol ahamiyati aks etgan badiiy yuksak she’rlar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun cheklovlar qo‘yilmagan.

She’rlar joriy yilning 15-avgustiga qadar https://t.me/istiqlol_33_ijodiy_ishlar_bot manzilida qabul qilinadi.

Eng yaxshi she’rga musiqa bastalanib, Qarshi shahrida o‘tadigan Mustaqillik bayrami asosiy tantanalarida ijro etiladi.

1-o‘rin – 10 million so‘m, 2-o‘rin (2 ta) – 5 million, 3-o‘rin (3 ta) 3 million so‘mdan hamda eng yaxshi musiqa bastakori 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

24-07-2024 |
Фото галерея