О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bо‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Dilshod Tursunbayev Kitob tumanidagi Bashir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul о‘tkazdi.

Sektor ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi va hokimlik vakillari, mutasaddi idoralar rahbarlari qatnashgan tadbirda tuman ichki ishlar bо‘limi sektoriga qarashli 15 mahalladan 215 fuqaro jam bо‘ldi. Ularning 53 nafari turli masalalarda о‘z murojaatlarini bayon qilishdi. Murojaatlar asosan pasport, imtiyozli kredit, kadastr, yer, uy-joy, ichimlik suvi, ta’lim sifati, shu bilan bir qatorda, yangi transformator о‘rnatish va yaroqsiz holga kelib qolgan elektr ustunlarini yangilash, nogironlik nafaqasi olish, yoshlar uchun kutubxona, shuningdek, muzey qurish kabi masalalar bо‘yicha bо‘ldi.

Shu asosda 12 ta masala joyida hal qilindi, 18 tasi ijroga yо‘naltirildi, qolganlari bо‘yicha tegishli tartibda huquqiy maslahatlar berildi.

Shu kuni tuman bandlik bо‘limi tomonidan ish bilan ta’minlash, Yoshlar ittifoqi quyi tizimi va tijorat banklari vakillari ishtirokida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish bо‘yicha hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan yarmarkalar ham tashkil etildi.

N.XО‘JAYEV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея