Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev aholi bilan yaqindan muloqotda bо‘lish, ularning muammolariga yechim topish maqsadida Yakkabog‘ tumanida sayyor qabul о‘tkazdi.

Unda viloyat hamda tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat atroflicha kо‘rib chiqilib, e’tirozli holatlar bо‘yicha hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Elektr energiyasi ta’minoti, uy-joy, ta’lim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan fuqarolarning  murojaatlari birma-bir muhokama qilindi. Aksariyat murojaatlar shu yerning о‘zida hal etilgan bо‘lsa, muddat talab etiladigan masalalarga mas’ullar biriktirilib, viloyat hokimligi tomonidan ijrosi nazoratga olindi.

E’tiborli jihati, aksariyat aholi vakillari tomonidan  nafaqat о‘zi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, tuman ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq  masalalar о‘rtaga tashlandi.

Sayyor qabulda eng sо‘ngi murojaat  kech  soat 22.15da tinglandi va mazkur murojaatda kо‘tarilgan masala hal etildi.

Albatta, xalq bilan muloqot hududlardagi mavjud vaziyatni puxta tahlil qilish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

04-04-2019 |
Фото галерея