“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati tomonidan viloyatimiz iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirlar bilan bir qatorda iste’molchilarga elektr energetikasi sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va yangiliklarni yetkazib borishga ham keng ahamiyat berilmoqda. Korxona rahbariyati tomonidan joylarga chiqib xalq bilan uchrashuvlar yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, tuman va shaharlarda iste’molchilar bilan elektr ta’minoti yuzasidan muloqotlar о‘tkazilmoqda. Jumladan, iyul oyida jamiyat rahbari va viloyat tashkilotlari mutasaddi xodimlari ishtirokida Qarshi, Nishon tumanlari hamda Qarshi shahri mahallalariga tashriflar amalga oshirilib, aholi bilan elektr energiyasi tariflarini optimallashtirish yuzasidan suhbatlar о‘tkazildi. Aholi xonadonlaridagi mavjud muammolarni о‘rganish jarayonlarida aholining kam ta’minlangan qatlamidaxldor masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, energotejamkor texnologiyalardan foydalanish, elektr energiyasi behuda sarf bо‘lishining oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumki, hozirgi zamonda elektr energiyasisiz kundalik turmushimizni va mamlakatning jadal iqtisodiy rivojlanishini tasavvur etish qiyin. Aholi soni ortib, yashash hududlari kengayishi, xalqimizning turmush darajasining о‘sib borayotganligi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi о‘sish sur’atlari tabiiy ravishda elektr energiyasiga bо‘lgan talab oshib borishiga olib kelmoqda. Ushbu talabni qondirish uchun yangi quvvatlarni ishga tushirish, qо‘shimcha elektr tarmoqlari barpo etish zarur bо‘ladi. Shu bilan bir qatorda mavjud elektr tarmoqlari va qurilmalarining aksariyat qismi uzoq yillar mobaynida foydalanib kelinib, hozirgi kunda ularni yangilash, zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash zarurati yuzaga kelmoqda. Bu esa о‘z navbatida iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkonini yaratadi. Bundan tashqari elektr energiyasining amaldagi tariflari ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘zida tо‘la mujassam etmaganligi tarmoq korxonalarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, ta’minotni yaxshilashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishda, elektr energetikasi korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Shunga kо‘ra hozirgi kunda hukumat tomonidan amaldagi elektr energiyasi tariflarini optimallashtirish kо‘zda tutilmoqda. Ahamiyatlisi, kiritilayotgan о‘zgarishlarda aholi iste’molchilari uchun sezilarli darajada bо‘lmasligi nazarda tutilgan bо‘lib, bir oilaning о‘rtacha iste’moli miqdoridan kelib chiqadigan bо‘lsak, bu bir oyda о‘rtacha 6-7 ming sо‘m atrofida qо‘shimcha tо‘lov bо‘lishi mumkin.

           “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyati

 

18-07-2019 |
Фото галерея