Xabaringiz bor, Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Sholsning mamlakatimizga rasmiy tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Qashqadaryo viloyati hokimligi mas’ullari ham ishtirok etdi.
Ishbilarmonlar bilan kechgan muloqotda Germaniyaning “Klett Group” kompaniyasi direktori Filipp Xausmann va Qashqadaryo viloyati hokimligi o‘rtasida viloyatda nemis tiliga ixtisoslashgan xususiy bog‘cha va maktab tashkil qilish hamda o‘rta bo‘g‘in hamshiralarini nemis tiliga o‘qitib, Germaniyada ishlash uchun imkoniyat yaratish bo‘yicha hamkorlik loyihalari imzolandi.
16-09-2024 |
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabarФото галерея