Milliy kurash
17-21 iyun kunlari Tailandning Pattayya shahrida 1999-2000 yillarda tug‘ilgan о‘smirlar о‘rtasida VI Osiyo chempionati bо‘lib о‘tdi. Chempionatda qit’aning 20 dan ortiq davlatlaridan tashrif kelgan kurash ustalari ishtirok etishdi.
Ular orasida viloyatimizdan ikki nafar sportchi - Sardor Jangeldiyev hamda Arnold Normо‘minov ham bor.
Sardor Jangeldiyev 66 kilogramm vazn toifasida tengsiz bо‘lgan bо‘lsa, Arnold Normо‘minov 90 kilogarmmdan ortiq vazn toifasidagi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
- E’tiborli tomoni, musobaqada 1-, 2- va 3-о‘rinlarni egallagan о‘quvchilar bir vaqtning о‘zida sport yо‘nalishidagi oliy о‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda о‘qishga kirish imkoniyatini ham qо‘lga kiritdi, - deydi murabbiy Jamshid Bozorov. – Afsuski, shogirdlarimdan biri Sardor Jangeldiyev kollejni о‘tgan yili tamomlagandi. Shu bois bu imtiyozdan u foydalana olmaydi.
Arnold Normо‘minov esa 2019-2020 о‘quv yilidan e’tiboran Qarshi davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetida tahsilni boshlaydi.
Z.NAZIROVA
Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar