Koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va yuqishining oldini olish maqsadida Qarshi shahrida bir qator ta’sirchan choralar kо‘rilmoqda.

Birinchi navbatda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun shahardagi dehqon va oziq-ovqat bozorlari, savdo markazlari, aholi turar joy maskanlarida tuzilgan maxsus guruhlar tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Dezinfiksiya ishlari jarayonida guruhlar tomonidan aholiga profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borilib, zarurat bо‘lmasa kо‘chaga chiqmaslik, doimo niqobda yurish, uylar atrofi va kо‘chalarni toza-ozoda saqlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish aytib о‘tilmoqda.

Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati

28-03-2020 |
Фото галерея