Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari va 2022-yilgi vazifalar to‘g‘risida viloyatimizning barcha tuman (shahar) hokimlarining murojaatlari bo‘yicha Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari o‘tkazilmoqda. Bugun ham Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilib, unda ishtirok etgan shahar hokimi aholiga murojaat qildi.
 
 
Dastlab, voha markazida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shundan so‘ng, shahar hokimi Normumin Xolboyev, deputatlar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida sessiya o‘z ishini boshlab quyidagi amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi:
 
2021-yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 183 km, 83 mlrd. so‘m evaziga 271 ta ichki ko‘cha yo‘llari ta’mirlangan bo‘lib, 2022-yil esa 150 kmdan ortiq ichki yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yilda shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida 22 ta inshootda 217,8 km, qiymati 136,0 mlrd.so‘mlik tarmoq tortilgan va bu ko‘rsatgich 2022-yilda loyihalarning davomi sifatida 48,7 km tarmoq tortish va 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish rejalashtirilganligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga, elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida 165,1 km elektr tarmoqlari tortilgan holda yangi 57 ta transformatorlar o‘rnatilgan. Xuddi shunday kelgusi yil ham yana 53,71 km tarmoq tortilib, 22 ta yangi transformatorlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Yana bir jihat, shahar aholisining tabiy gazga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun 41,8 km uzunlikdagi tarmoqlar ta’mirlangan va Ukraina davlatida ishlab chiqarilgan modemli, masofadan boshqariladigan onlayn gaz hisoblagichlari o‘rnatilgan. 2022-yilda esa yana 50 km tarmoq ta’mirlanib, gaz taqsimlash punktini o‘rnatish ishlari davom etadi.
 
 
Shuningdek, 2021-yilning hozirgi davriga qadar Qarshi shahrida 170 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1604 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlandi. Ularning umumiy qiymati 1 trln 91 mlrd so‘mni (shundan o‘z mablag‘i 575 mlrd 373 mln so‘m va bank krediti 326 mlrd 373 mln so‘m va xorijiy kredit asosida 18 ming AQSH dollar) tashkil etadi. Xuddi shunday, Prezidentning 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 17.9 gektar maydonda 4 ta kichik sanoat zonalar ham tashkil qilingan.
 
 
Sessiyadan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida birifing o‘tkazildi.
15-12-2021 |
Фото галерея