Prezidentimizning 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayonining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 105 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, Qarshi shahridagi 32 km uzunlikdagi 6 ta markaziy ko‘chalar - Islom Karimov, Mustaqillik, Nasaf, Alisher Navoiy, Amir Temur, Xonobod yo‘li ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari boshlanmoqda.
Hozirda asfaltlashtirish ishlarini boshlash uchun Qarshi shahridagi Mustaqillik ko‘chasiga maxsus texnikalar olib kelinib, jarayonga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
19-04-2024 |
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabarФото галерея