Qarshi shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonasi hududida “SUN-HIGHTECH” MCHJ tomonidan umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etuvchi va qiymati 13 mln dollari bo'lgan quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihaning 65 foizi mahalliy investorning o‘z mablag‘lari tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, ishlab chiqarish uskunalarining umumiy qiymati 1,4 million dollar. Loyihaga zamonaviy xorijiy texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, korxonaning texnologik hamkori Xitoyning “WUHAN OOITECH TRADING CO.LTD” korxonasi hisoblanadi.

Shuningdek, rasmiylar taqdim etgan maʼlumotga ko‘ra korxona to‘liq quvvatda ishlaganda bir yil davomida 150 MVt quvvatli mahsulot ishlab chiqaradi va ularning 50 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Bu korxonani ishga tushirish muddati joriy yilning IV choragi etib rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 150 ta ish o‘rinlari yaratiladi.

15-07-2024 |
Фото галерея