Yurtboshimiz har bir rahbar о‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar  sovg‘a qilish orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni rivojlantirish bilan birga farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishi mumkinligi tо‘g‘risidagi ezgu tashabbusni ilgari surgan edi.

Qashqadaryo viloyatida ham barcha rahbarlar ushbu tashabbusni faol qо‘llab-quvvatlab о‘zlarini shu darajaga yetishida katta hissa qо‘shgan maktablariga kitoblar sovg‘a qilishmoqda.

Viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov G‘uzor tumanidagi 75-umumiy о‘rta ta’lim maktabiga 200 dona kitoblarni tuhfa qildi.

Badiiy adabiyot, tarix, madaniyat va ma’naviyatga oid kitoblar  о‘qituvchi va о‘quvchilar ishtirokida maktab kutubxonasiga topshirildi. Tashkil etilgan davra suhbatida U.Ernazarov ta’lim bergan ustozlarini esladi, yoshlarni a’lo baholar bilan о‘qishga chaqirdi. Kitob mutolaa qilishning ahamiyati haqida tо‘xtalib, ilm olish har bir yigit-qizning asosiy vazifasi bо‘lishi lozimligini uqtirdi.

                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati

04-04-2019 |
Фото галерея